Zarbdor tuman “Oqbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi Tovboyev Shuxratning 2024-yilga mo‘ljallangan “Uyma-uy” loyihasi doirasida mahalladagi xonadonlarda yashovchi fuqarolar so‘rovnoma asosida xatlovdan o‘tkazish belgilangan bo‘lib, mahallada yashovchi fuqarolar to‘liq xatlovdan o‘tkazildi.
Mahallaning umumiy ko‘rsatgichlari (pasporti) bilan tanishish va tahlil qilish belgilangan bo‘lib, xatlov natijasida Oqbuloq MFYda yashovchi ehtiyojmand fuqarolar aniqlanib, “Ayollar daftari” “Temir daftar” “Yoshlar daftari” orqali tizimi orqali ular muommolarini hal etish choralari belgilandi.
“Ayollar daftarida” turuvchi 73-nafar xotin-qizlarga hokim yordamchisi platformasi hisobidan 11 nafar ishsiz xotin-qizlarga tikuv mashanalari berildi.
“Yoshlar daftari”dagi 42 nafar fuqarolarga 0.50 sotix 30 yillik ijara asosida ye-auksion orqali dehqonchilik qilish uchun yerlar olib berildi.
Ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash maqsadida 01.11.2024-yil holatiga 78 nafar fuqaroga jami 760 mln so‘m miqdorida turli yo‘nalishlarda o‘zini o‘zi band qilgan holda tadbirkorlik yo‘nalishida har bir oila dasturi asosida kredit mablag‘lari ajratilb bandligi ta’minlandi.
Bundan tashqari ishsizligi daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolar aniqlanib, kam hosilli paxta va g‘alla maydonlari hisobidan auksion orqali ijaraga beriladigan yer maydonlar taqsimotini o‘z hududi bo‘yicha o‘rganish belgilangan bo‘lib, mahallaga yaqin bo‘lgan xududlardan jami 21 gektar yer ajratilgan bo‘lib, hokim yordamchisi tafsiyanomasi asosida olish uchun shundan 42 nafar fuqarolarga 0.5 gektardan yer ajratib berilgan.
Hokim yordamchisi tomonidan har oyda bir marta ajratilgan kredit va subsidiyalar maqsadli va maqsadsiz ishlatilishi doimiy manitoring qilib boriladi, yordamchisi tomonidan xar oyda Kasb xunarga o‘qitish, yoshlarni va xotin qizlarni bandligi ta’minlash borasida doimiy ravishda yigilishlar o‘tkazildi.
Ichki Ishlar Vazirligi, Kambag‘alikni qisqartirish vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi uchta Vazirlik tomonidan imzolangan qo‘shma xulasalar ijrosi doimiy taminlanib kelinmoqda, Migratsiyaga ketgan fuqarolar oilasi bilan tizimli ishlash, sog‘lomlashtirish tadbirlari olib borilib, oilalarda sog‘lom muxitni yaratish uchun doimiy ravishda xonadonbay o‘rganishlar olib borildi.
Mahallada jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha “Jinoyatchilikdan holi hudud” maqomini asrab qolish uchun , doimiy ravishda “Hamjixatlik bor joyda jinoyatga o‘rin yo‘q” shiori proflaktik tadbirlar, suhbatlar amalga oshirildi.
Mahallada aholining tinch va totuv yashashi uchun Mahalla tizimida faoliyat yurituvchi Yettilik hamjixatligi hamda birligi samarasi natijasidir.
Sh.Tovboyev
“Oqbuloq” MFY hokim yordamchisi