Milliy telekanali “Millar” ko‘rsatuvi orqari tumandagi Andijon MFY Koriz qishlog‘ida ko‘cha ta’mirtalabligi, aholining mas’ullarga qilgan murojaatlari e’tiborsiz qolayotgani haqida so‘z yuritilgan.
Zarbdor tuman obodonlashtirish boshqarmasining ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi "Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-330-sonli qaroriga asosan Zarbdor tumanidagi ichki xo‘jalik yo‘llarini shag‘allashtirish bo‘yicha 2024-yil uchun manzilli ro'yxatiga Andijon MFY uchun 1 km, Andijon MFY Koriz qishlog‘i uchun 1.4 km va Andijon MFY Juvonsiyroq qishlog‘i uchun 1.6 km ichki yo‘llarni Respublika mablag‘lari hisobidan shag‘allashtirish ishlari rejalashtirilgan. Ajratilgan mablag‘lar berilgandan so‘ng mavjud ko‘chalar shag‘allashtirilishi belgilangan.