Jumladan, tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tumanning 2-sektori hududidagi Lalmikor MFY Sutbuloq qishlog'idagi ichki yo'llarga shag'al yotqizilib, ta'mirlash ishlari olib borildi.
Yo'llar sifatini yaxshilash, aholi va transport vositalari harakatlanishi uchun qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar barcha mahallalarda bosqichma-bosqich davom etmoqda.