Zarbdor tuman hokimi, O'zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo'limi va Nuroniylar jamg'armasi raisi bilan birgalikda tumanda Prezidentning “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida hamda "Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-347-son qarorining ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar ahvoli o‘rganildi.
O‘rganish davomida, monitoring asosida ayrim ehtiyojmand xonadonlarga kirilib, fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi.
Shuningdek, og‘ir ahvoldagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ularning xohish va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, doimiy bandligini ta’minlash, daromadini oshirishga ko‘mak ko‘rsatish va har bir oila bilan manzilli ishlashda qonuniylikni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.