O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi "Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5148-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-yanvardagi "Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlari tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida"gi 23-son qaroriga muvofiq Sport vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston mahallari uyushmalarining qo‘shma qaroriga asosan joriy yilning 16-oktyabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani madaniyat saroyida mahallalarda istiqomat qiluvchi 30-70 yoshdagi aholidan ixtiyoriy va maxsus sport sinovlarini topshirgan erkaklar va ayollar Sport vazirligi tomonidan guvohnoma, ko‘krak nishoni va sport formalari bilan taqdirlandilar.