O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Zarbdor tuman hokimligi xodimlari o‘rtasida "Ona tilim-g‘ururim, faxrim" shiori ostida chellenj o‘tkazildi. Ma’lumki, O‘zbekistonning “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan. Davlat tili siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda xalqni birlashtiruvchi qudratli vosita sanaladi.