Zarbdor tumanida shu kunlarda tomorqadan bo‘shagan maydonlarga sovuqqa chidamli to‘qsonbosti ekinlaridan piyoz, sarimsoqpiyoz, ko‘katlar ekish ishlari olib borilmoqda. Bu birinchi navbatda aholini ertangi sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan tomorqa yer egalariga yaxshi foyda keltiradi.
Aholining sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2025-yil hosili uchun hozirdan harakatga kirishish, to‘qsonbosti ekinlarini o‘z vaqtida ekish va agrotexnik talablarni bajarish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Zarbdor tumanida bu yil kuzda aholi tomorqalari, dehqon, fermer xo‘jaliklarida kelgusi yil hosili uchun 2 235,3 gektar maydonga to‘qsonbosti ekinlar ekish ko‘zda tutilgan.
To‘qsonbosti ekinlari ekish davomida hududlarning iqlim sharoiti, tuproq unumdorligi alohida e’tibor berilmoqda.