Adliya vaziri o‘rinbosari boshchiligida "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida Zarbdor tumani “Taraqqiyot” MFY binosida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida tuman hokimi, prokurori, ichki ishlar va adliya organlari masʼul xodimlari, mahalla yettiligi aʼzolari hamda tumandagi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida 60 nafardan ortiq fuqaroning soliq imtiyozini qo‘llash, bepul davolanish uchun order olish, ishga joylashtirish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, davlat xizmatlari, mulkiy huquqlarga oid va shu kabi boshqa turli sohalarga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Shundan, davlat xizmatlari bilan bog‘liq 31 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi, 23 nafar fuqaroning murojaatiga huquqiy tushuntirish berildi, 10 nafar fuqaroning murojaatlari esa qo‘shimcha o‘rganish talab etganligi sababli ish yurituvga qabul qilinib, nazoratga olindi.