Loyiha doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan "Taraqqiyot oilaviy shifokorlik punkiti"da chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil qilindi.
O'tkazilgan tadbirda mobil laboratoriya va rentgen qurilmasini jalb etgan holda terapevt, kardiolog, LOR, dermatolog, ginekolog, UZI, stomatolog, pediatr, xirurg va boshqa mutaxassislar tomonidan mahalladagi fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda.
Tibbiy koʻrikdan koʻzlangan asosiy maqsad fuqarolarni sogʻligini saqlash va ularni ijtimoiy muhofaza qilish ishlarini yanada kuchaytirish.