Zarbdor tuman “Taraqqiyot” mahallasi aholisi bilan tashkil etilgan huquqiy targʻibot tadbiriga soha mutaxassislari taklif etildi. Unda tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish orqali nafaqat oila daromadini, balki energetika zahiralarining tejalishiga ham erishish mumkinligi, ehtiyotsizlik oqibatida qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy xodisalarning oldini olish yuzasidan batafsil tushunchalar berishdi.
Tardir davomida, yongʻin xavfsizligi boʻlimi xodimlari tomonidan baxtsiz xodisalarni tezkorlik bilan bartaraf etish yuzasidan maʼlumot berilib yoshlarning hushyorligi oshirildi.