Davlatimiz rahbari Navoiy viloyatiga tashrifi davomida sektor rahbarlari mahallalarda aholi bilan uchrashuv o'tkazib, kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar belgilash topshiriqlari berilgan edi.
Mazkur vazifalar ijrosini o'z vaqtida va samarali ta'minlash maqsadida Zarbdor tuman hokimi Zafar Ruziyev, sektor rahbarlari, Nuroniylar raisi hamda O'zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo'limi, mahalla yettiligi, mutasaddilar bilan birgalikda Andijon MFY Juvonsiyroq qishlog'ida uyma-uy yurib fuqarolarning bugungi kundagi ahvoli va muammolari o'rganildi.
O'rganishlar davomida elektr energiyasi, ichimlik suvidagi murojaatlar joyida hal etilib, ichki yo'llarni ta'mirlash bo'yicha murojaat tegishliligi bo'yicha mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.