Men yashash hududdimdan e-auksion.uz savdo platformasi orqali uy- joy qurish uchun 4 sotixli yerni elektron savdoda yutib oldim endi uni qanday tartibda rasmiylashtiraman?
Javob.....
Jismoniy shaxslar tomonidan auksion savdolarda g‘olib deb topilgan ishtirkochiga e-auksion.uz savdo palatformasida foydalanuvchi menyusi orqali masofadan turgan holda mulkni rasmiylashtirish imkoni yaratilagan. Ishtirokchi tomonidan sotib olgan obektni palatforma orqali to‘lovlarni amlaga oshirish va buyurtmachi bilan oldi-sotdi shartonma elektron imzolash va e-auksion.uz platformasidagi g‘olib menyusi orqali yer uchastkasiga bo‘lgan xuquqni tasdiqlovchi Davlat orderini va tegishli kadastr palatasi tomonidan yuborilgan ko‘chmas mulk ob’ekti va yer uchastkalarga bo‘lgan xuquqlarni ruyxatga o‘tkazilganligi xaqida davlat reesstridan Ko‘chirma xujjatlarni QR kodli formada tasdiqlangan holotda yuklab olish oraqli yer xujjatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Auksion g‘olibi o‘zining e-auksion.uz o‘z sayitida shaxsiy kabineti orqali yutib olgan yerni platformaning "Ishtirokchi menyusi"-Yutuqlar bo‘limida G‘olibga mulk qiymatini 100% amalga oshirish yoki 15% amalga oshirish orqali sotib olish imkoniyati yaratilgan.
Agar g‘olib qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi (xususan uy joy uchun yer uchastkalari) asosida hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini 100 % amalga oshirish orqali mulkni rasmiylashtirsa g‘olibga jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi. Aksincha 15 % to‘lovni amlaga oshirsa g‘olib va buyurtmachi o‘rtasida qolgan summani 5 yil davomida markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi qo‘shilgan holatda bo‘lib bo‘lib to‘lash uchun buyurtmachi bilan elektron shartnoma imzolanadi.
Asos:
1)O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.09.2024-yildagi PF-135-son Farmoni;
2)O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va elektron tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari
“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish”
AJ Jizzax viloyati vakili Farhod Murodov