Dehqonchilik qilib daromad olayotgan dehqon hamda fermerlarni ko‘p eshitganmiz, biroq bugun, "Sayxunobod tajribasi" asosida issiqxonada mehnat qilib mo‘may foyda olayotganlar ham talaygina.
Xususan, tomorqadan unumli foydalanib, yuqori daromad olib kelayotgan Andijon MFYda yashovchi Fayzullo Xo'jamberdiyev issiqxonasida bodring va ko'katlar yetishtirb o'z oilasi daromadiga daromad qo'shmoqda.