Zarbdor tuman hokimligi tomonidan 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tumandagi Pardaboy ota tantanalar maskanida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand nogironlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berib kelinadi.
“Xalqaro nogironlar kuni”ga bag'ishlab o'tkaziladigan bugungi tadbir ham nogironlarga ijtimoiy yordam ko'rsatish, moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o'z o'rinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada muhtaram Prezidentimiz tomonidan nogironlarga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik, keng jamoatchilikning ham bu savobli ishlarda faol ishtirokining yorqin namunasidir.
Tadbirda tuman madaniyat boʻlimi tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar oʻtirganlarga koʻtarinkilik bagʻishladi.