Jizzax viloyat prokuraturasi, tuman hokimligi, tuman prokuraturasi hamda bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 14 yoshdan 30 yoshga bo‘lgan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish tadbirlarning bosh maqsadi etib belgilandi.
Unda o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol, qizlar o‘rtasida minifutbol, Shaxmat, qo‘shiqchilik yo‘nalishi bo‘yicha "Yoshlar ovozi", "G‘azalxon yoshligim", rassomchilik bo‘yicha "Ona yurtimni tasvirlayman", Yosh hunarmand", "Yosh ixtirochi", "Yosh dasturchi", "Quvnoqlar va zukkolar" va "Zakovat" intellektual bahslari o‘tkazildi. Tanlovlar yoshlar faolligida yuqori tayyorgarlik va katta ishtiyoq bilan o‘tkazildi. Har bir yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib yoshlarga tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.