Zarbdor tumanida tadbirkorlikning rivojlanishi iqtisodiy o'sish va ish o'rinlari yaratish uchun muhim ahamiyatga ega. Tuman mahalliy resurslardan samarali foydalanish, yangi biznes imkoniyatlarini ochish va aholi farovonligini oshirish maqsadida turli sohalarda tadbirkorlik faoliyati rivojlanib kelmoqda.
Jumladan tumandagi Sharq yulduzi MFYda yashovchi fuqaro Rasul Safarov mahalla hokim yordamchisining ko'magi bilan 22 mln. so'm imtiyozli kredit asosida mini market ochdi va 2 nafar fuqaroni doimiy ish bilan ta'minlab, o‘z ish faoliyatini boshladi.