O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaroriga asosan Mahallalar obodligini ta’minlash, ularni saqlash va obodonlashtirish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishning yangi mexanizmlarini joriy qilish, aholi va kommunal xizmat tashkilotlari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mahallalar hududida yashovchi aholini mahalla obodligiga keng jalb qilish maqsadida Zarbdor tumani Toshkesgan mahallasida 1-raqamli servis kompaniyasining qurilish ishlari boshlandi.