Qonunni ishlab chiqish bilan 2023 yil oktyabr oyidan boshlab prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi va YuNISEF shug‘ullanib kelayotgandi. Qonunning asosiy maqsadi zo‘ravonlikning oldini olish, undan jabr ko‘rgan bolalar bilan ishlash va oilalarda farovonlikni ta’minlash tizimini yaratishdan iborat. Qonun 2025 yil 15 maydan kuchga kiradi.
Qonunga ko‘ra, bolaning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati hamda qonun bilan himoyalanadigan boshqa huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan, jismoniy yoki ruhiy azob yetkazayotgan yoki yetkazishi mumkin bo‘lgan va uning asosiy ehtiyojlariga zid bo‘lgan harakatlar yoki harakatsizlik, shu jumladan, internetdan foydalangan holda sodir etilgan harakatlar (harakatsizlik) bolalarga nisbatan zo‘ravonlik deb e’tirof etiladi.
Jismoniy zo‘ravonlik, jinsiy zo‘ravonlik, ruhiy zo‘ravonlik, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya qilish va ta’qib etish (bulling) bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning shakllari bo‘lib, qonun bilan taqiqlanadi va ta’qib qilinadi, deyiladi hujjatda.
Jismoniy zo‘ravonlik — bolalarga turli darajadagi tan jarohatlarini yetkazish, ularni xavf ostida qoldirish, hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli ahvolda bo‘lgan bolalarga yordam ko‘rsatmaslik.
Jinsiy zo‘ravonlik — bolaga nisbatan shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlar qilish orqali uning jinsiy daxlsizligiga tajovuz qilish, shu jumladan:
Ruhiy zo‘ravonlik — bolalarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, ularni tahqirlash, shuningdek, bolalarning asosiy ehtiyojlarini cheklashga qaratilgan boshqa harakatlarda ifodalangan zo‘ravonlik shakli, shu jumladan zo‘ravonlikdan jabrlanuvchida o‘z xavfsizligidan xavotir uyg‘otadigan, o‘zini himoya qila olmasligiga olib keladigan yoki ruhiy salomatligiga zarar yetkazadigan harakatlar (harakatsizlik).
G‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik — zarur imkoniyatlarga, bilim va ko‘nikmalarga, shu jumladan, buning uchun tegishli xizmatlardan (davlat, tibbiy, ta’lim, ijtimoiy va boshqa xizmatlardan) foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan ota-ona (ular o‘rnini bosuvchi yoki bolaga qarab turgan shaxslar) tomonidan bolaning sog‘lig‘i, jismoniy, aqliy va axloqiy rivojlanishining buzilishiga olib kelishi.
Bolaning asosiy ehtiyojlari — bolaning to‘laqonli rivojlanishi, jismoniy va ruhiy salomatligi uchun oziq-ovqat, uy-joy va boshqa zarur sharoitlar bilan ta’minlash, xavfsizlik, ta’lim olish, ijtimoiy aloqalarni o‘rnatish, hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish.
Bolalarni ekspluatatsiya qilish — boladan iqtisodiy, jinsiy va boshqa maqsadlarda foydalanish, shu jumladan, odam savdosi, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga va tilanchilik qilishga jalb etish, jinsiy ekspluatatsiya, shuningdek, nikohga yoki er-xotin bo‘lib yashashga majburlash, ma’lum bir diniy ta’lim olishga undash, har qanday shaklda mehnatga majburlash uchun jismoniy yoki ruhiy ta’sir o‘tkazish kiradi.
Ta’qib qilish (bulling) — bir guruh bolalar yoki bitta bola tomonidan boshqa bolaga yoki bolalarga nisbatan haqoratli laqablardan foydalanishi, u bilan har qanday muloqotni rad etishi, uning mulkini tortib olishi va zarar yetkazishi, jismoniy, ruhiy yoki aqliy xususiyatlarini omma oldida muhokama qilishi, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitishi yoki sog‘lig‘i va hayotiga zarar yetkazishi, shu jumladan, internet orqali amalga oshiriladigan uzoq muddatli ruhiy va jismoniy tajovuzkor ta’sir o‘tkazishidir.
Hujjatda davlat bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish uchun huquqiy, ma’muriy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa choralarni ko‘rishi, shu jumladan, bola va uning oilasini qo‘llab-quvvatlashi hamda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini aniqlash va oldini olish, zo‘ravonlik holatlari haqida xabar berish, ushbu holatlarni tergov qilish, aybdorlarni javobgarlikka tortishning muqarrarligini ta’minlash, zo‘ravonlik qurbonlarini reabilitatsiya qilish, ularning huquqlarini tiklash va ijtimoiy moslashtirishni ta’minlash mexanizmlarini yaratishi kerakligi belgilangan.
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organi etib tayinlandi.
Har qanday turdagi zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bola zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi deb tan olinadi. Zo‘ravonlik qurboni quyidagi huquqlarga ega:
Bola huquqlarini himoya qilish uning ota-onasi yoki vasiylari, vasiylik va homiylik organlari, prokuror yoki sud tomonidan amalga oshiriladi.
Zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi va uning qonuniy vakili moddiy va ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilganda qonunga muvofiq davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.
Qonun bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bo‘yicha umumiy va individual chora-tadbirlarni belgilab beradi.
Umumiy chora-tadbirlarga bolalar uchun xavfsiz muhit yaratish, zo‘ravonlik omillarining oldini olish va bartaraf etish, oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar huquqlari to‘g‘risida xabardorlikni oshirish va ularni buzganlik uchun javobgarlik masalalari kiradi.
Individual chora-tadbirlar:
Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha yakka tartibdagi choralarni qo‘llash uchun asoslar:
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, maslahat berish va yordam choralari to‘g‘risida xabardor qilish uchun butun O‘zbekiston bo‘ylab kechayu kunduz ishlaydigan maxfiy ishonch telefoni tashkil etiladi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqa davlat organlari bilan hamkorlikda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalarni aniqlashda ishtirok etadi, bunday bolalarni hisobga oladi va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha individual choralar qo‘llanilishini ta’minlaydi.
O‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan toifalarga quyidagilar kiradi:
Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish ustida ishlayotgan davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar hamda sudlar zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki uning sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan bolalar to‘g‘risida faktlar aniqlangan taqdirda, bu haqda zudlik bilan vakolatli organlar va ichki ishlar organlariga xabar berishi shart.
Ichki ishlar organlari bolalarga nisbatan zo‘ravonlik to‘g‘risida og‘zaki yoki yozma xabar olganlarida bunday xatti-harakatlarga chek qo‘yish va ularning oldini olish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rishlari, shuningdek bu haqda Ijtimoiy himoya agentligiga xabar berishi shart.
Zo‘ravonlik sodir etish natijasida bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘ilganda quyidagi choralar ko‘riladi:
Himoya orderi zo‘ravonlikdan jabrlanuvchini himoya qiladi va aybdorlarga yoki zo‘ravonlik sodir etish bilan tahdid qiluvchilarga ta’sir choralarini qo‘yadi. U ichki ishlar organlari tomonidan zo‘ravonlik yoki tahdid fakti aniqlangandan keyin 24 soat ichida sud tomonidan uzaytirish imkoniyati bilan 30 kungacha muddatga beriladi. Uning ijrosini nazorat qilish ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan.
Himoya orderida quyidagi cheklovlar nazarda tutilishi mumkin:
Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan va uni sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan bolalarga huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy yordam ko‘rsatilishi kerak, bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Qonunda, shuningdek, bolalar zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan oilalarni mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xizmatlar ham nazarda tutilgan:
Bolaning hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘ilganda, Ijtimoiy himoya agentligi bolani ota-onasidan yoki uning vasiyligidagi shaxslardan zudlik bilan olib qo‘yish choralarini ko‘rishi mumkin.
Bolani zudlik bilan olib qo‘yish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi hujjati asosida profilaktika inspektori ishtirokida amalga oshiriladi.
Bola olib qo‘yilganda agentlik darhol prokurorni xabardor qilishi, bolani vaqtincha joylashtirishni ta’minlashi va yetti kun ichida ota-onalik huquqini cheklash to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilishi shart.
Bolani olib qo‘yishda u quyidagi joylarga joylashtirilishi mumkin (ustuvorlik tartibi bo‘yicha):
Agar bolani oilaga joylashtirishning iloji bo‘lmasa, ixtisoslashtirilgan muassasa faqat oxirgi chora sifatida qo‘llaniladi.
Qonunda jinoyat protsessida zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalarni himoya qilishning maxsus choralari ham belgilangan.
Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Quyidagi jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslarga:
Jazo chorasidan, sudlanganlikning tugallanishi yoki olib tashlanishidan hamda ularga nisbatan amnistiya yoki afv etish qo‘llanilganligidan qat’i nazar, ta’lim, tarbiya, bolalar sog‘lomlashtirish, sport va ijodiy tashkilotlarda ishlash hamda bevosita bolalar bilan ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.
Bunday shaxslar maxsus reestrga kiritiladi va ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turadi. Doimiy yashash joyi yoki ish joyi o‘zgargan taqdirda ular bu haqda ichki ishlar organlarini xabardor qilishi shart.
Ta’lim dasturlari bolalarga nisbatan va bolalar o‘rtasidagi zo‘ravonlikning, jumladan bullingning oldini olishga, shuningdek bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga e’tiborsizlik munosabatini bartaraf etishga ko‘maklashishi lozim.
Ta’lim muassasalarida intizomiy jazo sifatida zo‘ravonlikning har qanday shakllari, jumladan jismoniy jazolar va boshqa shafqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlarini qo‘llash taqiqlanadi.
Ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan va bolalar o‘rtasidagi zo‘ravonlikning, jumladan bullingning oldini olish, shuningdek zo‘ravonlik holatlari yuzasidan choralar ko‘rish bo‘yicha dasturlar joriy etilishi kerak. Bunday chora-tadbirlar ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari, ustavlari va ish rejalariga kiritiladi.
Ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish uchun mas’ul shaxslar tayinlanadi.
Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun ta’lim muassasasi xodimlari ichki tartib-qoidalarga, o‘quvchilar, ota-onalar va pedagogik jamoa a’zolari bilan munosabatda pedagogik etika qoidalariga qat’iy rioya qilishlari, barcha ta’lim oluvchilarga teng munosabatda bo‘lishni ta’minlashlari, sinfdagi psixologik vaziyatni baholashlari va yaxshilashlari, o‘quvchilar bilan suhbatlar o‘tkazishlari hamda ota-onalarga maslahat berish uchun psixologlar va psixolog-inspektorlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi shart.
O‘quvchilarning o‘zlari ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga rioya qilishlari, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha treninglarda ishtirok etishlari, agar ular zo‘ravonlikning guvohi bo‘lgan yoki bu haqda ma’lumotga ega bo‘lsalar, rahbariyatga xabar berishlari shart.
Q.Q.Mamaraximov
Jinoyat ishlari boyicha
Zarbdor tuman sudi raisi