Zarbdor tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tashabbusi bilan haftaning har shanba kuni, maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlari uchun metodik kun etib belgilandi. Dastlabki metodik kun Zarbdor tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 7-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida joriy yilning 26-mart kuni tuman miqyosida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligining 2021-yil 12-iyuldagi “Maktabgacha ta’lim tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish” to‘g‘risidagi 128-son buyrug‘i ijrosi, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya sifatini oshirish va maktab ta’limiga sifatli tayyorlash, pedagog xodimlar tajribasi va malakasini oshirish maqsadida tumandagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritib kelayotgan direktorlar, psixologlar, metodistlar, defektolog-logoped, xorijiy til o‘qituvchilari, musiqa rahbarlari, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, tarbiyachilar, hamshiralar, xo‘jalik mudirlari o‘rtasida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlari O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim ta'lim vazirligining 2019-yil 30-avgustdagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 155-son buyrug‘i asosida ish hujjatlarini yuritish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22- dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 802-son qarori mazmun-mohiyati, ta’lim jarayonida foydalaniladigan didaktik o‘yinlar, harakatli o‘yinlar, pedagoglar bilan hamkorlikda ishlash, ta’lim jarayonida yangi inovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari yuzasidan o‘zaro fikr va tajriba almashishdi.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati