O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-aprel kuni davlat rahbari boshchiligida “Xalq ta’limi sohasida amalga oshirayotgan islohatlar natijadorligi hamda “Milliy dastur” loyihasi taqdimoti”ga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Zarbdor tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarining 4,5,6,7,8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Hokim olimpiadasi” bo‘lib o‘tdi.
Bugun tuman Madaniyat markazida “Hokim olimpiadasi”da faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga Zarbdor tuman hokimligi hamda tuman xalq talimi bo‘limi tomonidan diplom va estalik sovg‘alar topshirildi.
Zarbdor tuman hokimi tadbirda o‘quvchilar hamda ularning ota-onalariga kelgusiagi o‘qish va faoliyatlarida omad tiladi.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati