Yong‘inlar insonlar hayoti va salomatligiga, moddiy boyliklariga, shuningdek, atrof muhitiga jiddiy xaf tug‘diruvchi xavfli hodisadir. Shu sababli Zarbdor tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan Navoiy mahallasi hududida joylashga “Zarbdor Tayorlov” MChJga qarashli buyum savdo kompleksi hududida yong‘in sodir bo‘lganda yong‘inlarni bartaraf etish maqsadida yong‘in o‘chirish avtomobillari erkin harakat qilishi va tirbandlikga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida savdo do‘konlar atrofidagi sunniy to‘siq va ko‘chma savdo yarmarkalaridan foydalanmaslik va buyum savdo kompleksi ma’muryatiga yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish hamda yong‘in sodir bo‘lganda uning salbiy oqibatlari to‘g‘risida tushintirish ishlari olib borildi.
Zarbdor tuman FVB NTB boshlig‘i
katta leytenant N.X.Maxsudov