13-oktyabr “Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni”
Mamlakatimizda har yili 13-oktyabr sanasi “Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni” sifatida keng nishonlanadi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ushbu kun birinchi bor Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasiga asosan qabul qilingan bo‘lib, xatarli ofatlarni oldini olishga qaratilgan “Xalqaro” kun deb tan olingan.
Sana munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy va tarkibiy tuzilmalarida tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda qator tadbirlar tashkil etildi. Zarbdor tuman Yangihayot MFY hududidagi XTB qarashli 8-maktab o‘quvchi va o‘qtuvchilar o‘rtasida seminar, tanlov, ko‘rgazma hamda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Unda ishtirok etganlar tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari to‘g‘risida atroflicha ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.
Zarbdort tuman FVB NTB boshlig’i kapitan Maxsudov Navruz Xatamovich