"Gimnastika barcha uchun"
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi "Oila va xotin -qizlarni tizimli qo‘llab quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi PF-87- sonli Farmoniga asosan хotin- qizlar o‘rtasida 2022-yil 7-oktyabr kuni Jizzax shahrida gimnastika sport turi bo‘yicha "Gimnastika barcha uchun" (Gimnastirada) musobaqalari Viloyat Hokimi Kubogi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra Zarbdor tumani Tibbiyot birlashmasi ( 25-45 yosh toifasida ayollar) "Oltin baliqcha" jamoasi 1-o‘rin, Bo‘ston shaharchasi (Aralash toifasida)" Sog‘lom qabila" 2-o‘rin,Sport maktabi sportchi-o‘quvchilari (4-14 yosh toifasida) " Vesyoliye ovoshi" jamoasi 3-o‘rinni egalladi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati