Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Zarbdor tuman adliya bo‘limi va YXKM xodimlari tomonidan PQ-173-son “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan.

Zarbdor tuman adliya bo‘limi va YXKM xodimlari tomonidan PQ-173-son “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan.

15 июль 2022 йил
437
0

Tumandagi tashkilotlarning mas’ul xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.03.2022-yildagi PQ-173-son “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 avgustdan boshlab Markazlar tomonidan bosqichma-bosqich Respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlari ya’ni, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, qishloq xo‘jaligi bo‘limi, turizm va madaniy meros bo‘limi, sportni rivojlantirish bo‘limi, oila va xotin-qizlar bo‘limi, davlat soliq inspeksiyasi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash ko‘rsatilganligi, kelgusida ushbu tashkilotlar bilan qay tartibda faoliyat olib borilishi to‘g‘risida ma’lumotlar yetkazildi. 

Shuningdek, «E-huquqshunos» elektron tizimi haqida ham batafsil tushunchalar berilib xodimlariga 2022 yil 1 avgustdan boshlab bosqichma-bosqich bo‘lim tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarining loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish jarayonlarini «E-huquqshunos» elektron tizimi orqali yuborish qo‘shimcha ravishda tartibi ko‘rsatib o‘tildi.

Yuridik xizmat ko‘rsatish Markazi bilan kelishilmagan holda qabul qilingan yuridik tusdagi hujjatlar yuridik kuchga ega emasligi hamda ular qabul qilingan paytdan e’tiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmasligi yana bir bor tushuntirildi.  

Mehnat qonunchiligi normalarini yuzasidan, mexnatga oid huquqlarni buzilishini oldini olish choralarini ko‘rib boorish, majburiy mehnat uchun javobgarlik masalalari, hodimning huquqlari va majburiyatlari, ish beruvchining majburiyatlari, mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibi, ish vaqti va dam olish vaqti, ta'tillar, mehnatga haq to‘lash, qo‘shimcha kafolatlar va imtiyozlar, mehnat nizolari va ularni hal etish tartibi to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi. 

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risi”dagi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 6.07.2021-yilda “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6257-son Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5177-son Qarori mazmuni tushuntirildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga xodimlar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар