Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Sovrin jamgʻarmasi 50 million soʻm boʻlgan “Til bilimdonlari” tanlovi boshlandi!

Sovrin jamgʻarmasi 50 million soʻm boʻlgan “Til bilimdonlari” tanlovi boshlandi!

16 октябрь 2022 йил
223
0

 Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi hamda 21-oktabr “Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi "Til bilimdonlari" (https://youtu.be/P78SOod_-qA) onlayn tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun @tiluzbot orqali toʻliq roʻyxatdan oʻtishingiz kerak. Tanlovda ishtirokchilarga 20-oktabrdan boshlab har kuni 30 tadan, jami 150 ta oʻzbek tili imlo qoidalari va xatosiz yozish boʻyicha test savollari berib boriladi.

Test savollaridan eng koʻp ball yigʻgan 200 nafar ishtirokchi hamda loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 50 nafar ishtirokchi tanlovning final bosqichi yoʻllanmasiga ega boʻladi.

TANLOV NIZOMINI OʻQISH

(https://telegra.ph/Til-bilimdonlari-2022-10-11)➡️Tanlov gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va sertifikatlar hamda quyidagi tartibda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:
1-oʻrin (1 nafar) – 5 million soʻm;
2-oʻrin (2 nafar) – 4 million soʻm;
3-oʻrin (3 nafar) – 3 million soʻm;
4-oʻrin (4 nafar) – 2 million soʻm;
5-oʻrin (10 nafar) – 1 million soʻm;
Bundan tashqari loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 10 nafar ishtirokchilar “Eng faol tanlov targʻibotchisi” nominatsiyasi gʻolibi deb topiladi va maxsus sertifikat hamda 1 million soʻmdan pul mukofoti taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok eting, bilimingizni sinang va gʻoliblar qatorida boʻling.

Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар