“E-huquqshunos” elektron tizimi yuzasidan o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 4-avgust kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumanida joylashgan Maktablarning kadrlar menejeri hamda Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiralari bilan ishlash mutaxassislari bilan birgalikda Zarbdor tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari A.Abduvaitov tomonidan “E-huquqshunos” elektron tizimi yuzasidan o‘quv amaliy tushuntirish berib o‘tdi.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli qarori yuzasidan yig‘ilish ishtrokchilariga oddiy va sodda qilib seminar treyning o‘tkazildi.
Shuningdek, elektron tizimga ichki buyruq, shartnomalar va boshqa yuridik tusdagi hujjatlarning namunalarini kiritish hamda mavjud hujjatlar loyihalari namunalaridan erkin foydalanish va elektron tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan shaxsiy kabinetga kirish, har qanday hujjat loyihasi va unga tahliliy materiallarni tayyorlash, qayta ishlash va xulosa olish uchun Yuridik xizmat ko‘rsatish markaziga yuboradi.
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazning mas’ul xodimlari tomonidan, tegishli xulosa tayyorlash, hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda, elektron tizimga biriktirish hamda o‘zaro hujjat almashish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishi yuzasidan tushuntirishlar berilib o‘tildi.
Elektron tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazidan ijobiy xulosa olinganidan so‘ng takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va elektron tarzda qabul qilish hamda ushbu hujjatlarni avtomatik tarzda izchil ketma-ketlikda raqamlanishini ko‘rsatib berdi.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati