Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Pensiya jamg‘armasining fuqarolarga murojaati

Pensiya jamg‘armasining fuqarolarga murojaati

11 январь 2023 йил
142
0

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lumotiga asosan, respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Shu sababli, Pensiya jamg‘armasi qariya va keksa yoshdagi fuqarolarni anomal sovuq ob-havo sharoitida uyda qolishlarini so‘raydi.

Hurmatli fuqarolar !
Ob-havo sharoitlari yaxshilangandan so‘ng pensiya tayinlash uchun murojaat qilishni so‘rab qolamiz. Bunda, kechroq murojaat qilish Sizning pensiyaga bo‘lgan huquqingizga ta’sir qilmaydi, ya’ni pensiyalar pensiya yoshiga yetgan sanadan tayinlab beriladi.

Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik suyunchi nafaqasi va fuqaronning vafoti munosabati bilan beriladigan dafn nafaqasi tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilmasdan, Xalq bankining istalgan filialiga borib, nafaqa puli olishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va modiy yordam tayinlangani yoki rad etilganligi sabablari to‘g‘risida fuqarolarning telefon raqamlariga SMS xabarlari yuborildi. Shuningdek, fuqarolar nafaqalarni rad etilishi sabablari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar olishlari uchun ma’lumotlar mahalla fuqarolar yig‘inlariga yetkazildi. Bunda, fuqarolar bu ma’lumotlarni Pensiya jamg‘armasiga kelmasdan mahalla fuqarolar yig‘inlariga yoki Pensiya jamg‘armasining 11-40 “Ishonch telefoniga” murojaat qilish orqali olishlari mumkin.

Zarbdor tuman Pensiya jamg‘armasi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар