Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam qanday hollarda rad etiladi?

Ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam qanday hollarda rad etiladi?

23 май 2022 йил
118
0

 Bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlarini o‘z vaqtida manzilli va maqsadli yetib borishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 654-sonli “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash uchun arizalar quyidagi hollarda rad etiladi:

  • oilaning har bir a’zosiga belgilangan meyor (440 ming so‘m)dan yuqori daromadi mavjud bo‘lganda;
  • 2 va undan ortiq ko‘chmas mulki yoki bir va undan ortiq noturar joy binolari mavjud bo‘lganda;
  • oila a’zolarining o‘z nomiga rasmiylashtilgan yoki bosh ishonchnoma asosida foydalanayotgan ishlab chiqarilgan muddati 7 yildan oshmagan texnik xolati soz bo‘lgan yengil avtotransport vositasi bo‘lganda;
  • ishlab chiqarilgan muddati 15 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yuk tashuvchi avtotransport vositasi, avtobus, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;
  • 2 yoki undan ortiq texnik xolati soz bo‘lgan avtotransport vositasi mavjud bo‘lganda;
  • ariza beruvchi va oila a’zolarining tijorat banklaridagi depozit hisob raqamlarida ariza bergan oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiqroq miqdorda mablag‘lar mavjud bo‘lganda;
  • ariza beruvchi va oila a’zolarining mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiqroq miqdorlarda qimmatli qog‘ozlar mavjud bo‘lganda;
  • Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa sanoati qo‘mitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlari xizmatchilari va  xodimlari yoki ularning oila a’zolari, shuningdek, pensionerlari tomonidan arizalar taqdim etilganda;
  • Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan pensiyalar bilan ta’minlanganda;
  • Oilada mehnat organlari tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasini olayotgan a’zolari mavjud bo‘lganda;
  • oilada oxirgi 12 oy davomida ish qidirayotgan a’zosi mehnat organlarining ishga doir taklifini ikki yoki undan ortiq marotaba rad etganda;
  • daromadning rasmiy manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi 6 oy maboynida ish izlab mehnat organlariga xisobda turmagan, o‘zini-o‘zi band shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan oilaning mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lganda nafaqalar tayinlash rad etiladi.
    Ushbu qoida quyidagilarga nisbatan qo‘llanilmaydi:
  • “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobda turgan shaxslarga;
  • bola uch yoshga to‘lguniga qadar parvarish qililayotgan onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga);
  • ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlarga (ta’limning kechki va sirtqi shakllari bundan mustasno);
  • ishlamaydigan pensionerlarga, davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolarga, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga, I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha shaxslarga;
  • amalda tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritish bilan band bo‘lgan oila a’zolariga;
  • 18 yoshgacha bolalikdan nogironligi bo‘lgan, shu jumladan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarning onalariga (onasi bo‘lmagan holda otasiga), oila a’zosi hisoblangan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsni yoki o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarni parvarish qilayotganlarga;
  • chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolariga;
  • sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘yicha jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lganligi munosabati bilan oilada bo‘lmagan a’zolariga;
  • oilaning chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan a’zolariga;
  • bolasini yolg‘iz tarbiyalayotgan yolg‘iz onalar (otalar)ga hamda nikohi bekor qilingan ayollarga;
  • rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi bir yil mobaynida “Temir daftar” ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga;
  • to‘rt va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan farzandi mavjud bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosiga nisbatan.

Nafaqani tayinlash yoki rad etish to‘g‘risida qaror inson omilisiz “Yagona reestr” tomonidan avtomatik ravishda qabul qilinadi.

Bunda fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari va Pensiya jamg‘armasi xodimlari nafaqa tayinlash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega emas.

Nafaqani tayinlash yoki rad etish qarori haqida arizachiga SMS xabar orqali ma’lum qilinadi.

Shuni alohida takidlab o‘tish joizki, 2021-yil 1-sentabrga qadar tayinlangan ijtimoiy nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam avtomatik tarzda, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishning yangi tartibiga asosan nafaqa miqdori oshishi nazarda tutilgan fuqarolardan qo‘shimcha ariza va hujjatlar talab etmagan holda, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasiga o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi.

Aytib o‘tish zarurki, mazkur o‘zgarishlar amaldagi kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalarni tayinlash tizimi kamchiliklarini bartaraf etish va ijtimoiy adolatli tizimni yaratishga ko‘maklashadi.

BUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG‘ARMASI ZARBDOR TUMAN BO‘LIMI.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар