Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Pnevmatik qurolni qonunga xilof muomalasi javobgarlikka sabab bo‘ldi.

Pnevmatik qurolni qonunga xilof muomalasi javobgarlikka sabab bo‘ldi.

16 январь 2023 йил
273
0

Pnevmatik qurolni qonunga xilof muomalasi javobgarlikka sabab bo‘ldi.Pnevmatik qurolni qonunga xilof muomalasi javobgarlikka sabab bo‘ldi.Pnevmatik qurolini qonunga xilof ravishda olib yurish qoidalarini buzish mamlakatimizning amaldagi qonunlari bilan ta’qiqlangan. Biroq, ayrim fuqarolar buni bila turib, ushbu qonun talablarini buzishmoqda.Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtakor tuman sudi raisi U.Sattarov raisligida o‘tkazilgan sud majlisida pnevmatik qurolini qonunga xilof ravishda olib yurgan O.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 2201-moddasi 1-qismiga asosan, to‘plangan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi.“PM” rusumli, 4,5 kalibrli, 1 stvolli №T-20003459 raqamli pnevmatik pistolet makarov qurolini saqlash va undan foydalanish uchun ruxsati bo‘lmasda 2023 yil 6 yanvar kuni ushbu qurolni saqlab kelib, ushbu quroldan o‘q uzgan videolarni o‘zining “Instagram” sahifasiga joylashtirib kelganligi tuman IIB xodimlari tomonidan aniqlanib, mavjud “PM” rusumli, 4,5 kalibrli, 1 stvolli №T-20003459 raqamli pnevmatik pistolet makarov quroli ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yilib, holat yuzasidan tegishli bayonnoma rasmiylashtirilgan.Sud majlisida huqubuzar aybiga iqrorlik bildirib, qilmishidan pushaymonligini ma’lum qilib, boshqa bunday noqonuniy ishlarga qo‘l urmasligi haqida so‘z berdi. Mazkur huquqbuzarlik qonunga zid ekanligini bila turib, ushbu huquqbuzurlikni sodir etgan O.Sh ga nisbatan qonunda belgilangan tartibda 5 (besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan “PM” rusumli, 4,5 kalibrli, 1 stvolli №T-20003459 raqamli pnevmatik pistolet makarov qurolini davlat ixtiyoriga o‘tkazilishi belgilandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtakor tuman sudining raisi U.Sattarov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар