Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » O‘g‘rilik jinoyati tushunchasi va uning salbiy oqibatlari…

O‘g‘rilik jinoyati tushunchasi va uning salbiy oqibatlari…

11 февраль 2023 йил
962
0

О‘zganing egaligida bо‘lgan mulkni olib qо‘yish о‘g‘rilikka xos. Misol uchun ishlab chiqarishda ishchi tomonidan xom ashyoni yoki tayyor mahsulotni, vaqtincha qarab turishga tashlab ketilgan, magazinda kiyib kо‘rish uchun olingan, boshqa birovga yetkazib berish uchun topshirilgan mulkni о‘marish kabi kо‘rinishda ham bо‘lishi mumkin. 

О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasida о‘g‘rilik tushunchasiga ta’rif berilgan. Unga binoan, о‘g‘rilik о‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilishdir. Talon-tarojning eng kо‘p tarqalgan shakli aynan "qо‘li egri"lik hisoblanadi. Tergov amaliyotida ham о‘g‘rilikni ochish foizlari uncha katta emas. Chunki u yashirin ravishda sodir etiladi. 

Ushbu jinoyatning subyekti 14 yoshga tо‘lgan har qanday aqli raso jismoniy shaxs bо‘lishi mumkin.

Shuni ta’kidlash lozimki, mulkni yashirin talon-toroj qilish о‘g‘irlanayotgan mulkka nisbatan uni tasarruf etish, boshqarish, yetkazib berish yoki saqlash bо‘yicha muayyan vakolatlarga ega shaxs tomonidan sodir etilgan bо‘lsa, bu qilmish Jinoyat kodeksi 167-moddasi (о‘zlashtirish yoki  rastrata yо‘li bilan talon-toroj qilish) bо‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. Ushbu moddaning birinchi qismi bо‘yicha jinoiy javobgarlik faqatgina tashkilot, muassasa va korxonalardan xodim tomonidan о‘g‘irlangan mulkning umumiy qiymati eng kam oylik ish haqining besh baravaridan yuqori bо‘lganda kelib chiqadi. Aks holda shaxs Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeks 61-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Agar о‘g‘irlangan mulkning umumiy qiymati Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeks 61-moddasi 3-qismida kо‘rsatilgan miqdordan oshib ketmasa (talon-toroj qilingan mulk qiymati eng kam ish haqining о‘ttiz baravaridan oshmasa), necha marotaba mayda о‘g‘rilik sodir etilganidan qat’i nazar, shaxs faqatgina ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

О‘g‘irlangan mulkning miqdori huquqbuzarlik sodir etilgan kunda amalda bо‘lgan, Respublikada belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi. О‘g‘irlangan mulk qiymatini aniqlashda ishning muayyan holatlariga qarab, huquqbuzarlik sodir etilgan kundagi shartnomaviy, bozor, birja baholariga asoslaniladi.

Jinoyat kodeksi 169-moddasining 1-qismida о‘g‘rilik, ya’ni о‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi kо‘rsatilgan.

Kissavurlik, ya’ni kiyim, sumka yoki boshqa qо‘l yukidagi ashyoni о‘g‘irlash respublikamizning jinoyat qonuniga yangi kiritilgan og‘irlashtiruvchi holatdir. Kissavurlikning ijtimoiy xavfliligi, birinchidan, uning ancha kо‘p tarqalganligi bilan, ikkinchidan, aybdor bevosita jabrlanuvchining о‘zida turgan mulkni tortib olishi, agar egasi о‘z mulkiga suiqasd qilinayotganini payqab qolsa, unga nisbatan zо‘rlik ishlatilishi xavfi tug‘ilishi mumkinligi bilan izohlanadi.

Masalaning bir jihati, о‘g‘rilik sodir etilayotgan vaqtda kiyim jabrlanuvchining egnida yoki qо‘lida bо‘lishi kerak. Agar aybdor garderob yoki ilgichda osig‘liq turgan kiyim chо‘ntagidan ashyoni qonunga xilof ravishda olsa, kissavurlik tarkibi mavjud bо‘lmaydi.

Agar sumka yoki qо‘l yuki jabrlanuvchining qо‘lida bо‘lsa yoki jabrlanuvchining о‘zida yoxud uning yonida bо‘lsa (masalan, jomadon, sumkani jabrlanuvchi xordiq chiqarish, nimadir sotib olish va hokazo uchun yoniga qо‘ygan bо‘lsa), ya’ni bu ashyolar yana yо‘lga tushganida uning о‘zi bilan birga bо‘ladigan bо‘lsa, bu holda Jinoyat kodeksi 169-moddasi 2-qismi "a" bandi qо‘llanadi.

О‘g‘rilikni ochiq joyda emas, balki uy-joyga, omborxonaga yoki boshqa xonalarga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etishning ijtimoiy   xavflilik darajasi yuqori. Buni shunday asoslash mumkin. Birinchidan, ochiq joylarda sodir etilganda, talon-toroj qilinishi mumkin bо‘lgan mulkning miqdori cheklangan bо‘lib, jinoyatchi о‘sha yerda  borinigina oladi. Uy-joyga, omborxonaga va boshqa xonalarga kirib о‘g‘rilik qilganda esa, jinoyatchining imkoniyatlari kengayib ketadi. YA’ni, uyda saqlanayotgan qimmatbaho narsalar, zeb-ziynat buyumlari, jamg‘arilgan pullarga egalik qilish imkoniyatlari paydo bо‘ladi.

Ikkinchidan, о‘g‘rilik ochiq joyda yuz bersa, jinoyatchining imkoniyatlari kamroq, jabrlanuvchining tajovuzdan qutulib qolish sharoiti kengroq bо‘ladi. YA’ni, jabrlanuvchi mulkni о‘zida saqlab qolish uchun qarshilik kо‘rsatishi, qochib qutulishi, atrofdagilarning yordamiga tayanishi, himoya qilishni sо‘rab atrofdagi odamlarga murojaat qilishi, sodir etilgan jinoyat yuzasidan tezkor choralar kо‘rish uchun ichki ishlar xodimlariga murojaat qilishi mumkin. Uy-joy, omborxona yoki boshqa xonalarga о‘g‘ri oralaganda esa aksincha: jabrlanuvchi barcha imkoniyatlardan mahrum bо‘lib, chorasiz qoladi. Qolaversa, mazkur holatda о‘g‘rilikdan  bosqinchilik jinoyati ham "о‘sib" chiqishi mumkin.

Takroran о‘g‘rilik jinoyatini sodir etish deganda, shaxsning ikki yoki undan kо‘p marta о‘g‘rilik jinoyatini sodir etganligi, ammo ularning birortasi uchun ham sudlanmagani tushuniladi. Birinchi о‘g‘rilik jinoyatini sodir etishda tamom bо‘lgan yoxud jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish yoki suiqasd qilish bosqichida tо‘xtatilgan yoki ishtirokchilikda sodir etilgan bо‘lsa, о‘g‘rilik takroran sodir etilgan hisoblanadi.

Bundan tashqari, о‘g‘rilik kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirib ham amalga oshiriladi. Bunda aybdor  kompyuter  tizimiga  yashirincha  kirib,  undagi  mol-mulkni  о‘zi yoki boshqa shaxslarning nomiga о‘tkazadi. Shuningdek, bu jinoyatlar internet  tarmoqlari  orqali  sodir  etilishi ham mumkin. Bu  harakatlar  asosan yashirin  sodir  etilgani sababli о‘g‘rilik kabi baholanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat tomonidan qat’iy narx belgilash imkoniyati yо‘qligi sababli talon-toroj qilingan narsalarning qiymatini aniqlashda muayyan qiyinchiliklar yuzaga keladi. Shuning uchun talon-toroj etilgan mol-mulkning qiymati shu qilmish sodir etilgan paytda mazkur mintaqadagi о‘rtacha bozor narxlari bо‘yicha belgilanadi. Qiymatni belgilashda mol-mulk holati, ishlab chiqarilgan vaqti, eskirgani, tovar kо‘rinishi, shu narsalardan foydalanish imkoniyatlari darajasi va hokazolar e’tiborga olinadi.

О‘g‘rilik jinoyatini sodir etgan shaxslarning javobgarlik masalasini hal etish jarayonida surishtiruv, tergov va sud amaliyotida jinoyatchi shaxsini aniqlab, qilmishini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi barcha holatlar yetarlicha baholangach, adolatli jazo tayinlansa, maqsadga muvofiq bо‘ladi. Zero, jinoyatlar sodir etilishining oldini olish tayinlanadigan jazoning adolatli bо‘lishiga ham kо‘p jihatdan bog‘liq.

Jizzax viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha

sudlov hay’ati sudyasi N.Ernazarov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар