Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95

ODIL SUDLOV INSON QADRI UCHUN

23 февраль 2023 йил
218
0

Hozirgi globallashuv davrida har bir sohada oldinga ildamlamaslik rivojlanishdan to‘xtashlikka, qoloqlikka yetaklaydi. Shu nuqtayi nazardan yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlar, yangilanishlar har bir sohani qamrab olmoqda. 

Demokratik jamiyatni barpo etish uchun albatta jamiyat hayotida chinakam inson va fuqarolarning huquq – erkinliklarini kafolatlaydigan,  uni himoya qiladigan yangi tizimdagi mustaqil, qonun doirasida faoliyat yuritadigan mexanizm yaratishni taqazo etadi. Mana shunday mexanizmlardan biri bu – sud hokimiyatidir.

Sud hokimiyatining mustaqilligi, faqat qonunga asoslanib ish olib borishi, shaxs, jamiyat va davlat hayotidagi qonunbuzilishlarning oldini olish kabi muhim masalalar bu sohaning yetakchi omillaridan bo‘lib xizmat qiladi.

Asosiy qonunimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi, unda alohida O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyatiga bag‘ishlangan bob ajratilganligi sudlar mustaqilligining dastlabki huquqiy tamal toshi bo‘ldi desak to‘g‘ri bo‘ladi. Zero Konstitutsiyaning 112-moddasiga ko‘ra, sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi deb belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga ko‘ra udning asosiy vazifalari fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari, xalqaro shartnomalarida, shuningdek inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta'minlashga qaratilgandir.

Odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida joriy yilning 16-yanvar kuni “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-11-son Farmoni qabul qilindi. Farmonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari sud hokimiyati mustaqilligini hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash bilan bir qatorda fuqaro va tadbirkorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish imkonini bergani, shu bilan birga “Yangi O‘zbekiston — yangi sud” tamoyili doirasida aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish sud-huquq tizimini isloh qilishni jadallashtirishni, sohaga ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etishni talab etganligi ushbu Farmonning qabul qilinishi sabablaridan ekanligi qayd etilgan. Farmonga ko‘ra, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta'minlash, sudlar faoliyati samaradorligi va odil sudlov sifatini oshirish maqsadida 2023 — 2026 yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi ishlab chiqildi.

Ushbu strategiya O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari hamda istiqbolli vazifalarini belgilashi, shuningdek, sohaga ilg‘or xalqaro standartlarni yanada keng joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi belgilangan. Ushbu strategik rejaga ko‘ra bir qator muhim islohotlar nazarda tutilgan. Misol sifatida, “Xabeas korpus” institutini keng qo‘llash bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish, tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiya berish vakolatini prokurorlardan sudlarga o‘tkazish, taraflarning tashabbusiga ko‘ra tayinlangan ehtiyot chorasini sud tomonidan yuqori qiymatda (jumladan, yetkazilgan zararga nisbatan) garov ehtiyot chorasiga almashtirish tartibini belgilash kabi islohotlar odil sudlovni ta'minlashda juda muhimdir.

Ushbu sud hokimiyatining ajralmas, muhim va bugungi iqtisodiy islohotlarning amalda o‘z samarasini ta'minlash, tadbirkorlik sub'ektlarining qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarini himoya qiladigan bir tarmog‘i sifatida iqtisodiy sudlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Sud tizimining takomillashuvi natijasida mamlakatimiz hududida xo‘jalik nizolarini ko‘rish jarayonini tartibga soladigan qonun hujjati – Xo‘jalik protsessual kodeksi bekor qilinib, Iqtisodiy protsessual kodeksi (IPK) qabul qilindi. Ushbu Kodeksning qabul qilinishi yangitdan tashkil topgan iqtisodiy sudlar tomonidan iqtisodiy sud ishlarini yuritishda tamal toshi bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

 

Shomurod Begmatov

Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар