Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » QISHLOQ XO'JALIGIDA AHOLI BANDLIGI QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

QISHLOQ XO'JALIGIDA AHOLI BANDLIGI QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

27 февраль 2023 йил
222
0

Prezidentning 23.02.2023 yildagi “Qishloq xo'jaligida aholi bandligini oshirish va yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat O'zAda e'lon qilingan.

2023 yil 1 apreldan 2024 yil 1 mayga qadar eksperiment tariqasida paxta va (yoki) g'alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo'jaliklariga  ishchilarining mehnatga haq to'lash tarzidagi daromadlari bo'yicha to'langan JShDSni qaytarib berish tartibi joriy etiladi. Bunda xo'jaliklar bir vaqtning o'zida quyidagi shartlarga rioya qilishlari lozim:

  • qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan har bir gektar yer uchun oyiga kamida bir nafar ishchining bandligini ta'minlash;
  • har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq to'lash tarzidagi daromadni MHEKMning bir baravaridan kam bo'lmagan miqdorda belgilash;
  • paxta va (yoki) g'alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo'jaligi o'tgan yil yakuni bo'yicha Soliq kodeksining 57-moddasi talablariga javob berishi.

 

2023 yil 1 apreldan boshlab tadbirkorlik sub'ektlari yangi qurilgan ko'p qavatli ishlab chiqarish binolari yuzasidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo'yicha hisoblangan summani:

  • uch qavatli binoga – 0,9;
  • to'rt qavatli binoga – 0,8;
  • besh qavatli binoga – 0,7;
  • olti qavatli binoga – 0,6;
  • yetti va undan yuqori qavatli binoga – 0,5 pasaytiruvchi koeffitsiyentni qo'llagan holda, 3 yildan ortiq bo'lmagan muddatga to'laydi.

 

Pasaytiruvchi koeffitsiyent binolar foydalanishga topshirilgan oydan boshlab, shu jumladan 2023 yil 1 yanvardan keyin foydalanishga topshirilgan binolarga qo'llaniladi. Respublikaning shaharlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida joylashgan binolar bundan mustasno.

 

Bunda, pasaytiruvchi koeffitsiyent:

  • mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan yordamchi xonalar bilan (ofis uchun xonalar va o'zi ishlab chiqargan mahsulotlarni sotish uchun, kasbni egallash maqsadida tashkil etilgan o'quv-ishlab chiqarish xonalari va h.k.) birga, agar ularning maydoni yangi qurilgan ko'p qavatli ishlab chiqarish binosining umumiy maydonining 20%idan oshmagan bo'lsa;
  • ishlab chiqarish maqsadlarida bino bir nechta xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan birgalikda foydalanilayotgan bo'lsa, bunday binoning har bir mulkdori tomonidan qo'llaniladi.

Zarbdor tumani adliya bo‘limi Yuridik markazi bosh yuriskonsulti A.Abduvaitov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар