PROBASIYA GURUHI NAZORATIDAGI 5 NAFAR SHAXS MUDDATIDAN OLDIN JAZODAN OZOD ETILDI
So‘nggi yillarda mamlakatimizda jazoni ijro etish tizimini takomillashtirish, qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida mahkumlarni axloqan tuzatish va ijtimoiy moslashtirish ishlarining samaradorligini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida Probatsiya xizmati tashkil etilib, 2019-yil 1-yanvardan o‘z faoliyatini boshlagan edi. Ushbu Qaror ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuni alohida e’tirof etish kerakki, tumanimizda ham ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi nazorati ostidagi ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm qilingan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularning bandligini ta’minlash, o‘qishga va ishga joylashtirish, nazorat ostidagilarga ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish, eng asosiysi, shaxsni tarbiyalash kabilar borasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 24-yanvar kuni tuman IIB Probatsiya guruhi nazoratidagi shaxslarning muammolarini hal etishga ko‘maklashish, qiynayotgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berish, bandligini ta’minlash va ular tomonidan qayta jinoyatlar sodir etilishining barvaqt oldini olish bo‘yicha masalalar muhokama etildi. Shuningdek, mazkur yig‘ilishda tuman IIB Probatsiya guruhi tomonidan keltirilgan 5 ta taqdimnomalarni ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda jinoyat ishlari bo‘yicha Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tuman sudining raisi Sh.X.Mirzaaxmedov, mas’ullar, tuman Ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi xodimlari hamda Probatsiya guruhi nazorati ostidagi shaxslar ishtirok etishdi.
Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala – Probatsiya guruhi nazoratida turgan shaxslarning muammolarini hal etishga ko‘maklashish, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berish, bandligini ta’minlash, kasb-korga yo‘naltirish, qayta jinoyat yo‘liga kirishlarining oldini olish yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tuman sudining raisi Sh.X.Mirzaaxmedov atroflicha to‘xtalib o‘tdi. U o‘z so‘zida Probatsiya guruhi nazoratida turgan shaxslarga sud hukmi talablariga amal qilishlari shartligini qayta jinoyatga qo‘l urmasliklarini, mamlakatimizda qonun ustuvor, jinoyatga jazo muqarrarligini, qonunni mensimaslik shaxsni jazodan ozod etmasligini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddalari mazmun-mohiyati haqida batafsil tushunchalar berdi. Shundan so‘ng, nazoratda turgan shaxslarning muammolari o‘rganilib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi. Yig‘ilish kun tartibidagi ikkinchi masala – Probatsiya guruhi tomonidan keltirilgan 5 ta taqdimnomalar bo‘yicha ishlar ochiq sayyor sud majlisida ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan 5 nafar mahkum shartli ravishda muddatidan oldin ozod etildi. “Probatsiya” – bu sinov, degani. Demak, Probatsiya guruhi nazoratida turgan shaxslar ushbu nazorat, ya’ni sinov davrida o‘zini yaxshi xulq-atvorli, mehnatga halol munosabatda bo‘lish orqali namoyon etsa, odil sud hamisha har bir shaxsning haq-huquqini himoya qiladi va odil hukm chiqaradi.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati