Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Zarbdor tumanida “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik kengashining faoliyatiga bir nazar…

Zarbdor tumanida “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik kengashining faoliyatiga bir nazar…

02 май 2023 йил
215
0

Zarbdor tumanida “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik kengashi a’zolari hamda katta hayot tajribasiga ega nuroniy onaxonlar ishtirok etgan tadbirda ta’kidlanganidek, bugungi kunda tumanimiz bo‘yicha ajralish arafasida turgan 10 ga yaqin oila ro‘yxatga olingan. Ushbu oilalardagi er-xotin munosabatlarini tartibga solish, ulardagi osoyishtalikni ta’minlashda keng jamoatchilik, shuningdek, ko‘pni ko‘rgan nuroniy onaxonlarning tutgan o‘rni beqiyos. 

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Zarbdor tuman “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik kengashining raisi Nazokat Anorboyeva  notinch oilalar bilan ishlashda tarbiyaviy ahamiyatga ega ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi targ‘ibot tadbirlarini tizimli tashkil etish zarurligi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

“Nuroniy” jamg‘armasi Zarbdor tumani bo‘limi raisi aholining huquqiy bilim va ma’naviyatini oshirish, huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan so‘nggi yillarda qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati xususida so‘zladi.

Uchrashuv so‘nggida mahalla va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, ajrimlarning oldini olish, yoshlar, ayniqsa, qizlarni milliy urf-odatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashda nuroniy onaxonlar zimmasidagi muhim vazifalar va ushbu xayrli ishlarga keng jamoatchilikni jalb qilish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар