Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Zarbdor tuman hokimi Z.Sh.Ruziyev, sektor rahbarlari hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i umumta’lim maktablarida bo‘lib o‘tgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

Zarbdor tuman hokimi Z.Sh.Ruziyev, sektor rahbarlari hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i umumta’lim maktablarida bo‘lib o‘tgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

25 май 2023 йил
720
0

Zarbdor tumani  maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2022-2023-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilishi tashkil etildi. 

O‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablarining o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda 1-, 4-, 9-, 11-sinf (jami  5838 nafar o‘quvchilar) tadbirlarga jalb etildi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tadbirlarning tartibli o‘tishini ta’minlash maqsadida  32 ta maktablarga  32 nafar ichki ishlar xodimlari 32 nafar milliy gvardiya xodimlari  32 nafar mahalla qo‘mitasi xodimlari, 32nafar mahalliy hokimlik idoralari vakillari va 2480  nafar ota-onalar ishtirokida bo'lib o'tdi.

Jumladan,  Zarbdor tumani  hokimi  Z.Ruziyev Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Zarbdor tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida 3-, 6-, 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tuman prokurori  R.Masharipov, Zarbdor tuman  hokimining maslahatchisi, «Nuroniy» jamg‘armasi Zarbdor tuman bo‘limi raisi Abdulla Azimovlar bilan ishtirok etishdi. Tuman Ichki ishlar boshlig‘i  E.B.Axmedov  1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i B.Qulmatov  31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida va maktabgacha va maktab ta’limi boshlig‘i SH.Roziyev  12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ishtirok etishdi.

Tuman rahbarlari tomonidan tadbir ishtirokchilarini tabriklash jarayonida yurtimizda so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalgaoshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da ta’lim tizimidagi islohotlar to‘g‘risida aniq raqam va dalillar keltirilgan holda ma’lumotlar berildi hamda barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 24-maydagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvi yoshlariga” murojaatnomasi o‘qib eshittirildi. Bitiruvchilarga kelgusi hayot yo‘llarida omad tilashdi.

Zarbdor tumani  maktabgacha va maktab ta’limi  tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2022-2023-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yuqori saviyada sifatli tashkil etildi.

Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар