Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining g‘oliblari taqdirlandi

14 декабрь 2022 йил
450
0

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida  xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘grisida”gi  PQ-5117-sonli qarori hamda Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 562-sonli qarori ijrosi, Xalq ta’limi Vazirlgining 2022-yil 14-fevraldagi 4-sonli qarori, Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 23-fevraldagi 31-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Zarbdor tuman xalq ta’limi bo‘limi 2022-yil 28-fevralda 2022-199-3-49-XT-son buyrug‘i ishlab chiqildi. Buyruq asosida tanlovning birinchi (tuman) bosqichini tashkil etish va uni yuqori saviyada o‘tkazishga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Tanlovni o‘tkazish uchun tuman tashkiliy qo‘mita tarkibi hamda hakamlar  hay’ati a’zolar tarkibi tayinlandi. Tanlovning birinchi (tuman) bosqichi 32 ta umumta’lim maktabning 30 ta maktabidan  7-8-9 sinf o‘quvchilar orasidan tuzilgan 5 nafar jamoa tarzda 150 nafar o‘quvchilar ishtirok etdi. Hakamlar hay’atining yakuniy qaroriga ko‘ra ushbu tanlovning tuman bosqichi g‘oliblari quydagi maktablar deb topildi. 32-sonli maktab I o‘rin, 9-sonli maktab  II o‘rin hamda 25 sonli maktab III-o‘rinlarni olishdi. 

G‘olib bo‘lganlar tuman hokimligi faollar zalida  qarorga asosan mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 1-oʻrinni egallagan jamoaning oʻqituvchiga 25 mln. so‘m, oʻquvchilariga 5 mln so‘mdan, 

2-oʻrinni egallagan jamoaning oʻqituvchiga 17,5 mln so‘m, oʻquvchilariga 3 mln 750 ming so‘mdan, 

3-oʻrinni egallagan jamoaning oʻqituvchisiga 12,5 mln so‘m, oʻquvchilariga 2,5 mln so‘mdan

tuman hokimi Z.Ruziyev, tuman prokurori R.Masharipov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri B.Aralov va xalq ta’limi bo‘limi mudiri M.Isroilovalar tantanali topshirdi. 

Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар