Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga qarashli Zarbdor tuman ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bo‘yicha press tur bo‘lib o‘tdi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga qarashli Zarbdor tuman ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bo‘yicha press tur bo‘lib o‘tdi

24 май 2023 йил
417
0

Joriy yilning 24 may kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga qarashli Zarbdor tuman ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bilan tanishish maqsadida ommaviy axborot vositalari ishtirokida press tur tashkil etildi. 

Ushbu tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilot rahbarlari mahalliy jurnalist va blogerlar ishtirok etdi. 

Zarbdor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rahbari Mullajonov Zokir Kamolovich maktab faoliyati va erishgan yutuqlari haqida tadbir ishtirokchilari ma’lumot berdi. 

Ushbu yil bizning ixtisoslashtirilgan maktabimizda bitiruvchi o‘quvchilar bo‘lmasada 69 nafar 9 sinf o‘quvchilari o‘g‘il-qizlarimiz, qo‘llariga 9 sinf guvohnomasini olishadi.

Hech shubhasiz, o‘z bilim va iste’dodini Vatanimiz va xalqimizga munosib farzand bo‘lishdek olijanob maqsadlarga sarflashga chog‘lanib turgan sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz – bizning ishonchimiz va ertangi umidimiz va tayanchimizsiz.

Bir so‘z bilan aytganda sizlar YAngi O‘zbekistonning eng katta boyligi, oltin fondi va  bebaho xazinasidirsiz!

Tan olish kerakki so‘nggi yillarda muxtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovichning bevosita raxnomoligi va tashabbusi bilan ayni mana shu maqsadda “YAngi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi, ayniqsa, Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari sifat jihatidan keskin o‘zgardi.

Xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilar qo‘lga kiritayotgan medallar soni va sifati tobora ortib borayotgani, perzident ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga bo‘lgan qiziqishning ortayotgani esa siz aziz yoshlarimizning orangizda iqtidorli, bilimga chanqoq, iste’dodli o‘g‘il-qizlarning ko‘payayotganidan darak beradi.

  Jumladan, mazkur o‘quv yilida  maktabimiz, shu qisqa vaqt ichida oldimizga qo‘ygan buyuk masadlarni zabt etish sari tashlayotgan qadamlarimizning ilk natijalariga e’tiboringizni qaratmoqchiman!

Ixtisoslashtirilagn ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida Al Xorazmiy olimpiadasida

8.3 Qobilova Rayxona 1 o‘rinni

8.3 Muxammadieva Feruza 3 o‘rinni

May oyida o‘tkazilgan STEM fanlar bo‘yicha olimpiadaning viloyat bosqichida maktabimizdan qatnashgan 54 nafar o‘quvchilardan

9.1 Xudoyorov Xondamir informatika fanidan 2 o‘rinni

9.2 Abduraimov Akmal informatika fanidan 3 o‘rinni

8.2 YAdgarova Madina matematika fanidan faxrli 3 o‘rinlarni qo‘lga kiritishib Respublika bosqichida viloyatimiz sharafini ximoya qilishdi va maktabimizning reytingini yuqori natijalarga ko‘tarishda o‘zlarining beqiyos xissalarini qo‘shishidi.

“SPELLING BEE” xorijiy tillar musoboqasida

5.2 Mirzabekova Hilola 3 o‘rinni

8.2 SHodiyorov Fayozbek 2 o‘rinni

9.1 Abduqodirova Ruxsora 1 o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musika va san’at yo‘nalishidagi xalqaro ko‘rik tanlovlarda

7.1 Umidova Aziza vokal estradasi yo‘nalishida faxrli 1 o‘rinni

7.3 SHonazarov Diyorbek fortapiana yo‘nalishida 1 o‘rini

6.1 Qaxxorova Xumora fartopiano yo‘nalishida faxrli 1 o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

YOshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ularni sport bilan chiniqtirish maqsadida tashkil etilgan turli sport musoboqalarining viloyat va Respublika bosqichlarida ham maktabimiz o‘quvchilari yuqori natijalarni qayd etishdi

Xususan engil atletika musoboqasining viloyat bosqichida

6.2 sinf o‘quvchisi Xolboev SHoxruz 60m -1 o‘rinni, 600 m ga yugurushda 2 o‘rinni

6.2 sinf o‘quvchisi Saidqulov Kamron 600 m 1 o‘rinni, 60 m 3 o‘rinni

6.2 sinf o‘quvchisi Mamatkarimova Muxlisa 60 m 2 o‘rinni

8.1 sinf o‘quvchisi Begimqulov Xasan 60 m 2 o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Joriy yilning 17 may kuni prezident ijod va ixtisosolashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan suzish musoboqasida

9.2 sinf o‘quvchisi Abdurashidov Samandar 100 metrga volni suzish usulida 3 o‘rinni

50 m ga erkin suzish usulida

7.1 sinf o‘quvchisi Bozorov Eldor 3 o‘rinni

7.2 Mirzabekov Lochin 2 o‘rinni

Estafeta suzish yo‘nalishida

9.2 Abdurashidov Samandar 3 o‘rnni

9.3 Norqulov Allayor 3 o‘rnni

8.1 Suyunov Bexruz 3 o‘rnni

9.1 Qodirberdiev Mamatkarim 3 o‘rinni

Qo‘lga kiritishi sport yo‘nalishida ham tengsiz ekanligini yana bir bor isbotlashdi.

Agentlik tizimida o‘tkazilgan turli tadbirlar va sport musoboqalarida pedagogik jamoamiz a’zolari xam bir qancha marralarni zabt etishdi

Xususan dekabr oyida o‘tkazilgan konstitutsiya taraqqiyot poydevori shiori ostidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari o‘rtasida fudbol musoboqasida  maktabimiz jamoasi 1 o‘rinni, 9-may xotira tkuniga bag‘ishlangan voleybol musoboqasida faxrli 2 o‘rinni qo‘lga kiritishdilar.

Fursatdan foydalanib, butun ongli hayotini yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlagan jonkuyar ustoz o‘qituvchilar, murabbiylar mehnatini ham ta’kidlab o‘tishim shart. maktabimizda ayni vaqtda eng etuk va malakali 34 nafar ustozlar Sizlarga turli fanlardan saboq berib el yurt xurmatiga sazor bo‘lib kelishmoqda. Ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish, ish va turmush sharoitini yaxshilash, jamiyatdagi obro‘-e’tiborini oshirishga ham katta ahamiyat qaratilmoqda.

Press tur so‘nggida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, unda mahalliy jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 

Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар