E'tibordan hech kim chetda qolmaydi
Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab Mustaqilligimizning 32 yillik bayram shukuhi kezib yuribdi. Ma’lumki, bayram arafalarida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olish, ko‘nglini ko‘tarish hamda ularga har tomonlama yordamlar ko‘rsatish xalqimiz orasida mustahkam davom etib kelayotgan an’analardan biridir.
Bayram munosabati bilan Zarbdor tumanida ham hayru sahovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etish, e’tiborga muhtoj yurtdoshlarimizni ko‘nglini ko‘tarish va bayram bilan tabriklash maqsadida barcha mahallalarda sahovat tadbirlari tashkil etilmoqda.
Xususan, "Mahalla" hayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi tomonidan tumandagi ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan hamda nogironligi bo‘lgan oilalar holidan xabar olinib, ularga bayram sovg‘asi sifatida oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.