Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » 8-MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI

8-MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI

04 март 2023 йил
267
0

Zarbdor  tumanida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. 

Zarbdor tumani hokimi boshchiligida tumandagi istiqomat qilayotgan xotin-qizlar fidokorona mehnati, ijodiy faoliyati va ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi tashabbuslarda o‘rnak bo‘layotgan, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, nuroniy onaxonlar ishtirok etishdi.

Tuman hokimi bayram ishtirokchilariga va tumandagi barcha xotin-qizlarga bayram tabrigini yo‘lladi.

Assalomu alaykum, muhtaram ayollar, onajonlar, aziz opa-singillar!

Avvalo, barchangizni ezgulik va go‘zallik bayrami 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan chin dildan samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysizlar!

Ayol shunday xilqatki, asrlar davomida uning shaʼniga buyuk sanʼat asarlari, qo‘shiq va qasidalar bag‘ishlanadi.

Ayol u ona, u opa, u singil, u vafoli yor. Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish Xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

Ayollarimiz mamlakatimizning barcha sohalarida xususan, davlat boshqaruvi va vakillik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik,  fermerlik, sog‘liqni saqlash, taʼlim, maʼrifat, madaniyat va boshqa sohalarda samarali mehnat qilishmoqda.

Bu dunyoda shirin va ahil, baxtli hayot uchun poydevor yaratib, insonni inson, oilani mustahkam oila qiladigan, biz uchun muhabbat, vafo va sadoqat timsoli bo‘lib kelayotgan Siz, go‘zal va betakror, qadrdon ayollarimiz haqida ko‘plab taʼriflar keltirish mumkin.

Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.

Barchangizga oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka tilayman. Doimo Xalqimiz, Vatanimizning yuksak mehri va ardog‘ida bo‘lish hammangizga nasib etsin! Hamisha sog‘-omon bo‘ling, azizlar!

Zafar Ruziyev,

Zarbdor tumani hokimi.

Tadbir ishtirokchilariga estalik sovg‘alar berildi. Tadbirda tuman madaniyat bo‘limi tomonidan konsert dasturi va poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.

Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

“15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni”
16 октябрь 2022, Воскресенье
“15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni”
QISHLOQ JOYLARDA YASHOVCHI AYOLLAR DIQQATIGA!
11 октябрь 2022, Вторник
QISHLOQ JOYLARDA YASHOVCHI AYOLLAR DIQQATIGA!
"Gimnastika barcha uchun"
10 октябрь 2022, Понедельник
"Gimnastika barcha uchun"
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар