Zarbdor tumanida yana bir mahalla idora binosi qurilib foydalanishga topshirildi.
Zarbdor tumani 2-sektor hududidagi “Lalmikor” mahallasi binosi qurib foydalanishga topshirildi. Tadbirda tuman hokimi, tuman prokurori va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Ochilish marosimi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida bayram tadbiriga ulanib ketdi.
Bayram tadbiri tuman Madaniyat bo'limi tomonidan kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etilib, ishtirokchilar qalbiga xush kayfiyat ulashildi. Nuroniylar, mahalla ahli uchun bayram dasturxoni yozilib, elga osh berildi.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)