Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Zarbdor tumanidagi umumta’lim maktablarida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” deb nomlangan mustaqillik darslari bo‘lib o‘tdi.

Zarbdor tumanidagi umumta’lim maktablarida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” deb nomlangan mustaqillik darslari bo‘lib o‘tdi.

04 сентябрь 2023 йил
120
0

Bugun Zarbdor tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida an’anaviy tarzda 2023 – 2024 yangi o‘quv yili boshlandi. Zarbdor tuman hokimi Zafar Ruziyev 1-sektor hududidagi “Toshkesgan” mahallasida joylashgan 28-umumta’lim maktabi hamda “Yoshlik” mahallasidagi 29-umumta’lim maktabi, 2-sektor rahbari tuman prokurori Ravshan Masharipov “Taraqqiyot” mahallasidagi 6-umumta’lim maktabi, 3-sektor rahbari tuman IIB boshlig‘i Elyor Ahmedov “Shodlik” mahallasidagi 1-umumta’lim maktabi, 4-sektor rahbari tuman DSI boshlig‘i Begimqul Qulmatov “Sharq yulduzi” mahallasidagi 31-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda ishtirok etib, barcha o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan samimiy qutladi. 

Tadbirda sektor rahbarlari maktabga ilk bor qadam qo‘yayotgan o‘g‘il-qizlarga “Prezident sovg‘alari”ni tantanali topshirdi. Tadbirda o‘quvchi-yoshlar o‘zlari tayyorlagan badiiy dasturlarini namoyish etishdi.

Mustaqillik – eng ulug‘ ne’mat. Mamlakatimiz o‘tgan o‘ttiz ikki yil davomida jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallagani, ulkan yutuq va marralarni qo‘lga kiritgani, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan o‘zgarish va yangilanishlarni, yangi O‘zbekistonni bunyod etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni misollar asosida tushuntirib berdi. Bundan tashqari joriy yilning 28-avgust kuni prezidentimizning ta'lim sohasiga oid o‘tkazilgan selektoridagi berilgan topshiriq va tavsiyalari to‘g‘risida batafsil tushunchalar berib o'tdilar.  

Shuningdek, kelajak sari intilayotgan yoshlarga Vatanni sevish haqiqiy baxt ekani, mamlakatimiz tinchligini asrab-avaylash, uning taraqqiyotiga hissa qo‘shish har bir o‘g‘il-qizning burchiga aylanishi, asosiysi, bu niyat va maqsadlarga erishish yo‘lida o‘quvchilar kuchli bilimga ega bo‘lishi, odob-axloq, tarbiya bilan kamolga yetish zarurligini alohida ta’kidladi. 

Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirlarda tuman bo‘yicha 1934 nafar o‘g‘il-qizlarga “Prezident sovg‘alari” tantanali ravishda topshirildi.

Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар