YANGI TAHRIRDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI MAZMUN-MOHIYATIGA BAGʻISHLANGAN O‘QUV-SEMINAR
Jizzaxda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali va viloyat hokimligi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda hokimliklar, boshqarma hamda tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilari ishtirok etishdi.
Tadbirni Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng Toshkent davlat yuridik universiteti tajribali huquqshunos ekspertlar guruhi tomonidan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan konstitusiyaviy normalarning ijrosini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha vazifalar yoritib berildi.
ZOOM orqali bo‘lib o‘tgan mazkur o‘quv-seminarida Zarbdor tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari, tuman hokimligi mas’ullari, tumandagi bir qator korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari, tumandagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari ham onlayn ishtirok etishdi.
Ta’kidlandiki, barcha sohalarda inson qadrini tom ma’noda yuksaltirish, davlat va jamiyat hayotini “inson-jamiyat–davlat” degan tizimga asoslangan holda boshqarish mexanizmini yanada rivojlantirish, shuningdek, sud-huquq tizimi sohasidagi islohotlar tushuntirildi.