Respublika bo‘ylab davlat xizmatchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasining 08.08.2022 yildagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-son Qonuniga ko‘ra, yurtimizda davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va ijtimoiy ta’minlashning zamonaviy tizimini yaratish bo‘yicha ham choralar ko‘rilmoqda.
Ularning salomatligi — samarali faoliyati uchun asosdir!
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi Jizzax viloyati filiali, Zarbdor tuman hokimligi hamda tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda davlat xizmatchilari birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ularga salomatligi to‘g‘risidagi xulosalar, ba’zi holatlarda esa chuqurlashtirilgan ko‘rik uchun yo‘llanmalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlangan.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati