Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Tuman prokurori sovrini uchun kurash musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Tuman prokurori sovrini uchun kurash musobaqasi bo‘lib o‘tdi

18 сентябрь 2023 йил
188
0

Keyingi paytlarda jonajon yurtimizda milliy sportimiz kurash ommaviyligini oshirish, istedodli yoshlarni kashf etish yo‘lida talaygina ishlar amalga oshirilmoqda. Tumandagi Bolalar o‘smirlar sport maktabi Markaziy o‘yingohida sportning kurash turidan yosh o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Joriy yilning 16-sentyabr kuni Zarbdor tumani prokurori sovruni uchun “Prokuror kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

 Ushbu musobaqada tumanimizning barcha mahallalaridan sportchilar ishtirok etishdi. Tumanimiz aholisi uchun o‘tkazilgan kurash musobaqasi sport ixlosmandlari uchun chinakam bayramga aylanib ketdi. Asrlar osha yetib kelayotgan milliy sport turiga bo‘lgan qiziqishni kurash maydonini davra qilib o‘rab o‘tirgan yoshu-keksa ishqibozlarning ko‘pligidan ham bilib olish mumkin. Chunki tuman prokurorining sovrinini qo‘lga kiritish uchun, eng mohir belbog‘li kurash ustalari tumanimiz markaziga to‘planishdi. Tashkil etilgan maskur bellashuv barcha muxlislarni hayajon ostida ushlab turdi. Anchadan beri bunday katta musobaqaga guvoh bo‘lmagan ishqibozlar har bir bahsni maroq bilan tomosha qilishdi. Musobaqada 10-17 yosh (23,28,33,38,42,46,+46) kg vazn toifasida 18-30 yosh (ko‘ngillilar) o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 150 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etib 70 nafari faxrli 1-2-3 o‘rinni egallab,  taqdirlandilar.

Jumladan:

23 kg vazn toifasida:

1-o‘rin Jumanazarov Shoxjaxon;

2-o‘rin Mirzaboyev Laziz ;

3-o‘rin Baratov Fazliddin.

42 kg vazn toifasida:

1-o‘rin O‘skanov Jasur;

2-o‘rin Mamatqulov Surxon;

3-o‘rin Ismatullayev Sardor;

3-o‘rin Karimov Baxbek

63 kg vazn toifasidagi ayollar o‘rtasida:

1-o‘rin Nishonova Mukarrama;

2-o‘rin Yusupova O‘g‘iloy;

3-o‘rin Baratov Nozima;

3-o‘rin Eshmirzayeva Mashhura.

90 kg vazn toifasida:

1-o‘rin Yaxshiliqov Otabek;

2-o‘rin Qarshiboyev Mansur;

3-o‘rin Nishonov Mirjalollar egallashdi.

G‘oliblar va sovrindorlar medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар