Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Zarbdor tuman hokimining navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.

Zarbdor tuman hokimining navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.

13 декабрь 2023 йил
94
0

Bugun, 13-dekabr kuni tuman hokimligida tuman hokimining navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda jismoniy va yuridik shaxslar o‘z masalalari yuzasidan bevosita tuman hokimi Zafar Sharopovich Ruziyevga murojaat qilishdi. Unda Zarbdor tumandagi barcha mutasaddi korxona va tashkilotlardan mas’ul vakillar ishtirok etishdi. Qabul davomida 15 ga yaqin fuqarolardan davolanish uchun moddiy yordam, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, elektr energiyasi, ichimlik suvidagi muammolar, shuningdek ishga joylashish bilan bog‘liq murojaatlar tashkil etdi.  

10 ga yaqin murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar ijrosi yuzasidan tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi. Murojaatlar ijrosi yuzasidan shu hafta yakuniga qadar murojaat egasiga va tuman hokimiga yozma ma’lumot taqdim qilish lozimligi belgilandi.

Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар