Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » 2023-yilning 1-choragi davomida kelib tushgan murojaatlar tahlili

2023-yilning 1-choragi davomida kelib tushgan murojaatlar tahlili

10 апрель 2023 йил
464
0

2023 yilning 1-choragi davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga hamda tuman sektorlari rahbarlarining sayyor qabullari orqali kelib tushgan murojaatlar tahlili 

2023-yilning 1-choragi davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali jami 842 ta (2021 yilning 1-choragida 868 ta, 26 taga kamaygan) murojaat kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlarning 840 tasi (868 ta) ko'rib chiqilgan bo'lib, shundan 449 tasi (619 ta) yoki 53,5 % (71,3 %) ijobiy hal qilingan, 250 tasi (197 ta) huquqiy ma'lumot berish orqali hal qilingan, 11 tasi (3 ta) asosli deb topilib, uzoq muddatli nazoratga olingan, 115 tasiga esa (39 ta) tushuntirish berilgan. Shu bilan birga 0 ta (3 ta) murojaat ko'rmasdan qoldirilgan, 7 tasi (3 ta) tugatilgan, 1 tasi (0 ta) ma'lumot uchun qabul qilingan hamda 7 tasi (4 ta) rad etilgan. 2 ta (0) murojaat jarayonda.
O'tgan yilning shu davriga nisbatan joriy yilda quyidagi tasniflar bo'yicha murojaatlar soni ortgan: muhtojlarga bir martalik moddiy yordam, elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlar, maishiy chiqindilarni to'plash va olib chiqib ketish, tabiiy gaz ta'minotidagi muammolar.
Quyidagi tasniflar bo'yicha murojaatlar soni esa kamaygan: bolalar nafaqasi tayinlash, elektr tarmoqlari obyektlarini qurish, ta'mirlash, ichki yo'llarni qurish, ta'mirlash, shag'allashtirish, asfaltlash.
Tuman sektor rahbarlarining sayyor qabullari orqali tuman aholisi tomonidan jami 364 ta murojaat kelib tushgan, shundan 360 tasi tuman darajasidagi, 4 tasi viloyat darajasidagi darajasidagi tashkilotlar tomonidan ko'rib chiqilgan.
Kelib tushgan murojaatlarning 358 tasi ko'rib chiqilgan, shundan 208 tasi yoki 58,1 % ijobiy hal qilingan, 54tasi huquqiy ma'lumot berish orqali hal qilingan, 92 tasiga esa tushuntirish berilgan. 6 ta murojaat jarayonda.
1-chorak davomida tuman sektor rahbarlari tomonidan jami 53 marotaba (rejaga nisbatan 100 %) sayyor qabullar o'tkazilgan, shundan 1-, 2- va 3-sektor rahbarlari tomonidan 12 marotabadan (100 %), 3-sektor rahbari tomonidan 11 marotaba (100 %) o'tkazilgan.
O'tkazilgan sayyor qabullarda jami 1708 nafar fuqaro ishtirok etgan (1-sektorda 354 nafar, 2-sektorda 766 nafar, 3-sektorda 241 nafar, 4-sektorda 347 nafar).
Qabullar davomida jami 364 ta murojaat qabul qilinib, ijro uchun tegishli tashkilotlarga yo'naltirilgan (1-sektorda 90 ta, 2-sektorda 95 ta, 3-sektorda 82 ta, 4-sektorda 97 ta).
Sayyor qabullar davomida o'rtacha 6,87 ta murojaat kelib tushgan (1-sektorda 6,92 ta, 2-sektorda 7,31 ta, 3-sektorda 6,31 ta, 4-sektorda 6,93 ta).

Zarbdor tuman Xalq qabulxonasi mudiri B.Aralov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар