3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni
3-dekabr "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan "Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmaydi" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbirga tumanda istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklanganlar uchun "Saxovat va ko'mak jamg'armasi" mablag'laridan dasturxon yozilib, osh tarqatildi.
Tadbirni Zarbdor tuman hokimi Z.Ruziyev ochib berdi. Tadbirda so'zga chiqganlar bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan aholiga sifatli ijtimoiy xizmat ko'rsatish hamda uni samarali nazorat qilish davlat siyosatining eng ustivor vazifalari sifatida e'tibor qaratilayotganligi, ehtiyojmand aholi, nogironligi bo'lgan shaxslar va yolg'iz qariyalarga g'amho'rlik qilishning yangicha tizimi joriy qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar to'g'risida aytib o'tildi.