Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining oltmishinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining oltmishinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

28 декабрь 2023 йил
125
0

2023-yil 28-dekabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining oltmishinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiyada Zarbdor tumanining 2024-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash, Zarbdor tumani bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar hamda mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun 2024-yilga belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qarori ijrosi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-39-sonli qarori ijrosi, Zarbdor tumani mahalliy byudjetining 2023-yil 3-chorak byudjet parametrlari daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan qismi hisobidan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tahsil olayotgan talabalarning shartnoma to‘lovlari uchun mablag‘ ajratish, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi, Zarbdor tumanida “Ayollar daftari” ning 4-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarga ijtimoiy yordamlar berish orqali oilaviy ahvoli yaxshilangan xotin-qizlarni “Ayollar daftari”dan chiqarish  hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi. 

 Xalq deputatlari tuman Kengashining oltmishinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар