«Nuroniy har bir oilaga mas’ul»
“Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruv raisi, senator S.Turdiyev Zarbdor tumanidagi “Nuroniy” maskanida «Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» tamoyiliga muvofiq mahallalardagi yoshlar yetakchilari «Keksalar maslahati» guruhlari bilan birgalikda shakllantirilgan ro‘yxatlar asosida o‘n nafar uyushmagan va muammoli yoshlar nuroniylarga biriktirib chiqilishi, boy hayotiy tajribaga ega ziyoli, hunarmand, tadbirkor, fermer va boshqa soha vakillari bo‘lgan nuroniylar hududlardagi barcha ta’lim muassasalariga biriktirilgani va «Nuroniy har bir oilaga mas’ul» loyihasi asosida oilalardagi ahillik, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash maqsadida muammoli oilalarning har biriga «Keksalar maslahati» guruhlarining bir nafardan a’zolari biriktirilgani hamda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.