O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyat filiali tomonidan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyat filiali va Jizzax viloyat hokimligi tashabbusi bilan Istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun ularni ishdan ajratmagan holda hududlarni o‘zida, ularni yutuqlarini keng targ‘ib qilish maqsadida uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Agentlik tomonidan Milliy kadrlar zaxirasi, Salohiyatli kadrlar rezervi hamda Istiqbolli kadrlar zaxirasi kabi “mahalladan – respublikagacha” tamoyili asosida rahbar kadrlarni bosqichma-bosqich o‘stirib borish mexanizmi joriy etilgan.
Bugungi kunda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Jizzax viloyati filiali tomonidan Istiqbolli kadrlar zaxirasiga 116 nafar nomzodlar kiritilgan.
Istiqbolli kadrlar zaxirasi – bu turli sohalarda samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yuqori salohiyat, yetakchilik xususiyati va boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lgan tashabbuskor shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.
Jizzax viloyatida zaxiraga kiritilgan nomzodlar bilan ishlash alohida “Yo‘l xarita”si asosida tizimli tashkil etilgan. Jizzax viloyati filiali mas’ul xodimlari tomonidan har bir nomzodlarning shaxsiy rivojlanish rejalari ijrosi oyma-oy monitoring qilib borilmoqda.
Xususan, an’anaviy va masafaviy shaklda malaka oshirish kurslarida ishtiroki, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida stajirovkalar o‘tashi hamda dublyorlik asosida rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirishi tizimli yo‘lga qo‘yilmoqda.
Zarbdor tumanida ham o‘z navbatida, nomzodlarning ishdan bo‘sh vaqtlarda mustaqil ta’lim olishi, o‘z sohasiga oid ilmiy-ijodiy faoliyati, xorijiy tillarni o‘rganishi va kitob mutolaa qilib borishi ham har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib borilmoqda.